Sloveniyada YTH oqibatida 2 futbolchi halok bo‘ldi

Sport 10:55 / 03.08.2016 4120

Sloveniyada "Maribor" futbol klubining 2 futbolchisi yo‘l transport hodisasi oqibatida halok bo‘lgan. Bu haqda jamoa matbuot xizmati xabar tarqatgan.

Ma'lum qilinishicha, jamoaning yoshlari tarkibidagi 20 yoshli Damyan Maryanovich hamda 21 yoshli Zoran Balyak mudhish fojia qurbonlariga aylanishgan.

"Taqdir bu ikki yosh yigitni bizning "siyohrang oilamiz" (jamoa ramziy rangi - tahr.)dan olib ketdi", deyilgan xabarda.

Yevropa Ligasining saralash bosqichida sloveniyaliklar jamoasi raqibi bo‘lgan Shotlandiyaning "Aberdin" jamoasi ushbu hodisa munosabati bilan jamoaga hamda marhumlarning yaqinlariga hamdardlik izhor qilgan.

Ko‘proq yangiliklar: