Shimoliy Amerikada qaysi smartfon ommaboproq ekani ma'lum qilindi

Fan-texnika 09:51 / 03.08.2016 7887

Janubiy Koreyaning Samsung smartfonlar ishlab chiqaruvchi kompaniyasi mahsulotlari so‘nggi ikki yilda ilk marotaba Apple mahsulotlariga qaraganda ko‘proq ulushga ega bo‘ldi. Strategy Analytics agentligining hisobotida shu haqda so‘z yuritilgan, deya xabar qilmoqda TASS agentligi.

Xabarda aytilishicha, Samsung Electronics kompaniyasining Shimoliy Amerika smartfon bozoridagi ulushi hisobot davrida 5 foizga o‘sib, 32,7 foizga yetgan. Strategy Analytics agentligi ta'kidlashicha, bu vaqt ichida Apple kompaniyasining mazkur bozordagi hissasi 32,6 dan 24,5 foizgacha qisqargan. 
Bu holat, so‘nggi ikki yilda ilk marotaba qayd etilmoqda. 

Uchinchi o‘rinni LG Electronics kompaniyasi 16,3 foizlik ulush bilan egallagan bo‘lsa, uning ortidan 9,5 foizlik ko‘rsatkich bilan Xitoyning ZTE kompaniyasi bormoqda. Beshinchi o‘rinni 4,6 foizlik hissa bilan TCL va Alcatel baham ko‘rgan.

Ko‘proq yangiliklar: