Rossiyada "Yunarmiya" harbiy-vatanparvarlik harakati tashkil etildi

Jahon 16:42 / 03.08.2016 4408

RF adliya vaziri birinchi o‘rinbosari Sergey Gerasimov Butunrossiya harbiy-vatanparvarlik harakati "Yunarmiya"ning ro‘yxatga olingani to‘g‘risidagi guvohnomani, tashkilot Bosh shtabi boshlig‘i, olimpiya chempioni Dmitriy Trunenkovga topshirgan.

"Shunday qilib, Rossiya qonunchiligiga ko‘ra, tashkilot ro‘yxatga olinganidan e'tiboran o‘z bayrog‘i, tamg‘asi va yuridik shaxs maqomiga ega bo‘ldi", - degan Gerasimov guvohnomani topshirish marosimida. 

Anjumanda ishtirok etgan Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu, Yunarmiya "qisqa vaqt ichida Rossiyaning eng serharakat, eng yirik va eng samarali bolalar va o‘smirlar harbiy-vatanparvarlik tashkiloti bo‘lishi"ga ishonch bildirgan.

Uning aytishicha, harakatga asos solinganidan o‘tgan 2 oy ichida, tashkilot keng qamrovga ega bo‘lishga ulgurgan. Bugungi kunda, RFning 76ta sub'yektida tashkilot o‘z bo‘limlariga ega va bu raqam kun sayin ortmoqda".

Ko‘proq yangiliklar: