2017 yildan boshlab Rossiyada o‘ziga xos chora-tadbir yo‘lga qo‘yiladi. Diplom himoya uchun yozilgan ishlar oliygohning internet sahifasiga joylanadi. Shu yo‘l bilan talabar ish davomida ko‘chirmachilikka yo‘l qo‘yishganmi‑yo‘qmi aniq bo‘ladi. Bu haqda Russia Today xabar bermoqda.
Manbada aytilishicha, Internetni rivojlantirish institutining «Internet + obrazovaniye» guruhi bu borada Rossiya ta'lim vazirligiga murojaat qilgan va ijobiy javob olgan.
Agar loyiha yo‘lga qo‘yiladigan bo‘lsa, 2017 yildan rossiyalik talabalarning diplom ishlari internetga joylanadi va ular jamoatchilik nazoratida bo‘ladi. Bu ishlarning boshida «Antiplagiat» kompaniyasi turadi.