AQShlik suzuvchi Maykl Felps Riodagi Olimpiada o‘yinlarida AQSh terma jamoasining bayroqdori bo‘ladi. Bu haqda Olimpiada rasmiy sayti xabar bermoqda.
Manbada aytilishicha, 18 karra Olimpiada chempini Felps AQShlik suzuvchilarning sardori ham bo‘ladi. Musobaqaning ochilish marosimi 5 avgust kuni bo‘lib o‘tadi.