Meksikada “Iblis” laqabli narkabaronni plastik jarrohlik stoliga yotishi arafasida qo‘lga olishdi

Jahon 10:32 / 03.08.2016 9591

Meksikalik “Iblis” laqabli narkobaron Devid Garsa Avila plastik jarrohlik uchun ketayotgan paytida mamlakat huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari tomonidan qo‘lga olindi. Bu haqda La Tribune nashri xabar bermoqda.

Nashr xabariga ko‘ra, u uch erkak hamrohligida tashqi ko‘rinishini o‘zgartirish maqsadida Mexikoda avtomobilda ketayotgan bo‘lgan. U bu orqali politsiya ko‘zidan panada bo‘lishni niyat qilgandi.

Uning mashinasi huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan ko‘zdan kechirilganda yarimavtomatli AR-15 vintovkasi, 15ta patron, shuningdek, 10 kg miqdorda marixuana topilgan. Jinoyatchilarning barchasi hibsga olingan.

Avila, shuningdek, Elias Garsa Garsiya ismi bilan Meksika va AQShda juda ko‘plab mudhish qotilliklarga qo‘l urgan.

Ko‘proq yangiliklar: