Braziliyaning «Palmeyras» jamoasi hujumchisi Gabriel Jyezus «Manchester Siti» futbolchisiga aylandi.
«Shaharliklar» jamoasi ushbu futbolchi uchun 27 mln funt to‘lagan.
Futbolchi Braziliya chempionatining joriy mavsumi yakunlangach, qishda, 2017 yilning yanvarida inglizlar jamoasi safiga kelib qo‘shiladi.
19 yoshli futbolchi o‘tgan mavsumda «Palmeyras» tarkibida 14 o‘yinda 10ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan. Hujumchi Braziliya Olimpiya terma jamoasi safida Rio-de-Janeyrodagi Olimpiada o‘yinlarida ishtirok etadi.
Futbolchi uchun «MYu» va «Barselona» jamoalari ham jiddiy kurash olib borgandi.
Shu tariqa, manchesterliklar jamoasi yozgi transferlardagi to‘rtinchi jiddiy xaridni amalga oshirdi. Bungacha "Selta"dan Nolito (13,8 mln funt), "Borussiya"dan Gundo‘g‘an (21 mln funt) va "Shalke"dan Leroy Sane (37 mln funt) sotib olingandi.
Braziliyalik yosh futbolchi uchun Yevropaning grand jamoalari orasida kurash ketmoqda