Lyashko Savchenkoni Rossiya hukumati bilan til biriktirganlikda aybladi

Jahon 16:53 / 03.08.2016 9634

Ukraina Oliy radasidagi Radikal partiya fraksiyasi yetakchisi Oleg Lyashko, ukrainalik deputat Nadejda Savchenkoni qamoqdan ozod etilishi evaziga «Ukrainani topshirish» borasida Moskva bilan kelishib olganlikda ayblab, uni Ukraina qahramoni unvonidan mahrum etishga chaqirgan. 

«Savchenko – erkin emas, qaram va tashqaridan boshqariladi. Tan olish qanchalik og‘ir bo‘lmasin, Nadejda endi bizning hurmatimizga loyiq inson emas. Chunki, u Kreml bilan Ukrainani topshirish evaziga kelishib olgan. Uni Ukraina qahramoni unvoni, deputatlik vakolatidan mahrum etish hamda Ukrainaning Yevropa kengashi parlament assambleyasidagi delegatsiyasi tarkibidan chaqirib olish darkor. Va nihoyat, men Nadejda Savchenko borasida boshqa fikr bildirmayman. U bunga arzimaydi», -deb yozgan Lyashko Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.

Ko‘proq yangiliklar: