Italiya hukumati Liviyada IShID jangarilari pozitsiyalariga aviazarbalar berishni amalga oshirish uchun AQSh rahbariyati so‘roviga ijobiy javob berishga tayyorligini bildirdi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.
"Hukumat agar Italiya bazalari va havo hududidan foydalanish hamda operatsiyani qo‘llab-quvvatlash amaldagi harakatlarning tezlik bilan samarali yakunlanishiga olib kelishiga ishonch hosil qilsa, bu masalani ijobiy ko‘rib chiqishga tayyor", deb aytdi mamlakat mudofaa vaziri Roberta Pinotti.
Uning aytishicha, Italiya hukumati ikkala tomon bilan muzokaralar olib borishga tayyor.