Indoneziya hukumati Turkiyaning Gulenga aloqador maktablarni yopish to‘g‘risidagi talabini rad etdi

Jahon 11:18 / 03.08.2016 5649

Indoneziya hukumati turkiyaliklar hukumatining Turkiya muxolifati yetakchisi Fathulloh Gulenga aloqador mamlakatlarni yopish to‘g‘risidagi so‘rovini qondirmaganiga qaramasdan, bu mamlakat bilan munosabatlar do‘stona holda qolishiga umid qilmoqda. Bu haqda The Jakarta Post xabar tarqatdi.

"Biz hamisha boshqa davlatlar suvereniteti va qonunlarini hurmat qilib kelganmiz. Shu tufayli Turkiya Indoneziyaga nisbatan ham shunday munosabatda bo‘lishiga umid bildiramiz", degan Indoneziya Tashqi ishlari vaziri Retno Marsudiy.

U "Anqaraning diplomatik kanal orqali Indoneziyadagi 9ta o‘quv muassasasi yopilishi bo‘yicha talabi rad etilgani"ni qayd etgan.

"Ta'lim vazirligi bilan o‘tkazilgan maslahatlashuvlar yakunida ma'lum bo‘ldiki, bu maktablar tomonidan Indoneziya qonunchiligiga zid holatlar sodir etilmagan", deya ta'kidlagan vazir.

Turkiya hukumati bir qator mamlakatlarga Fathulloh Gulen jamg‘armasi asosida tashkil qilingan maktablar, litseylar va boshqa o‘quv muassasalarini yopish so‘rovi bilan murojaat etmoqda. Anqaradagilarning fikricha, Gulen va uning tarafdorlari 15 iyul oqshomida Turkiyada yuz bergan  harbiy isyon tashkilotchilari hisoblanadi.

Ko‘proq yangiliklar: