Xitoyda 40 kun ichida to‘qqizta egiz panda bolalari dunyoga keldi. Bu haqda Global Times nashri xabar bermoqda.
Ma'lum bo‘lishicha, pandalar Sichuan provinsiyasidagi tadqiqot markazida dunyoga kelgan. Nashr ma'lumotiga ko‘ra, so‘nggi ikkita egiz panda Yaan va Xetaopindagi yovvoiy tabiat bag‘rida joylashgan maxsus bazada dunyo yuzini ko‘rgan.
Avvalroq “Sinxua” agentligi Xitoyda 2016 yil ichida ilk bor 6 may kuni panda bolasi tug‘ilgani haqida xabar bergan edi. Agentlik, shuningdek, Xitoyda 1,8 ming panda yashashi haqida xabar qilgan.