Xitoy mudofaa vaziri dengizda xalq urushiga tayyorgarlik ko‘rishga chaqirdi

Jahon 00:31 / 03.08.2016 17867

Xitoy mudofaa vaziri Chan Vantsyuan xitoyliklarni mamlakat daxlsizligini himoya qilish uchun dengizda xalq urushiga tayyorgarchilik ko‘rishga chaqirdi. Bu haqda 2 avgustda "Sinxua" axborot agentligi ma'lum qildi. 

Vazir bayonotini Chjetszyan viloyati sohilbo‘yi hududlari bo‘yicha nazorat safari vaqtida berdi. Vazir milliy xavfsizlik bilan bog‘liq jiddiy muammolar, jumladan dengizda, borligini ta'kidlab o‘tgan.

Vazirning aytishicha, "harbiylar, politsiya va xalq mamlakatning daxlsizligi va hududiy yaxlitligini himoyalash uchun safarbarlikka tayyorlanishi lozim". Bundan tashqari, vazir Xitoy fuqarolari uchun fuqarolik mudofaasi mashg‘ulotlarini ilgari surishni buyurdi. 

12 iyulda Gaagadagi hakamlik sudi Pekinning Janubiy-Xitoy dengizidagi bahsli orollarga huquqi yo‘qligi va unga egalik qilish huquqi Filippinga tegishli ekanligi haqidagi qarorni chiqargan. Xitoy raisi Si Tszinpin o‘shanda bu hududlar qadimdan Xitoyning ajralmas qismi bo‘lganini aytgan.

Ko‘proq yangiliklar: