Guardian muallifi: G‘arb tashviqotni faqat Rossiyada ko‘radi, o‘zida emas

Jahon 15:05 / 03.08.2016 6654

Britaniyaning Guardian nashri sharhlovchisi Pirs Robinson g‘arb OAVga tanqidiy yondashish hamda tashviqotlarni "g‘arb dushmanlariga xos", deb hisoblamaslik lozim, degan fikrlarni ilgari surmoqda

G‘arb va rasmiy Moskva o‘rtasidagi munosabatlar tobora keskinlashayotgan bir vaqtda, g‘arbning yetakchi nashrlari Rossiya OAVni ko‘proq "tashviqot" qilayotganlikda ayblamoqda.
 
Xususan, Britaniya gazetalaridagi tanqidiy maqolalar to‘lqini Edinburgda Sputnik agentligining shaxobchasini ochishga olib keldi. Daily Mail gazetasi bu hodisani "Vladimir Putinning Buyuk Britaniyaga qarshi tashviqot urushi" deb baholagan bo‘lsa, boshqa bir nashr The Sun, axborot agentligini Britaniyada "beqarorlik" keltirib chiqarayotganlikda aybladi. 

The Times, o‘z navbatida, Oksford universitetining "tadqiqoti" xususida so‘z yuritib, RT telekanali tomoshabinlari "g‘arbga qarshi qarashlar sohiblari" ekani borasida xulosa qilinganini yozadi. Bu esa, insonlarni mamlakatlariga xoinlik qilmaslik uchun ham nog‘arbiy OAVni ko‘rmaslikka undashi kerak. 

Biroq, aslida bu kabi dalillar aks ta'sir etadi, deb hisoblaydi Robinson.

"Rasmiy raqiblar bilan bog‘liq OAV tashviqot va yolg‘onchidek ko‘rsatilishi barobarida, "mahalliy" OAV xolis va adolatlidek tasavvur uyg‘otadi", — deb izohlaydi sharhlovchi. 

"Bundan tashqari, bizning hukumat "jamoatchilik bilan aloqalarda", "strategik kommunikatsiya" va "oshkora diplomatiya" xususida faqat adolatli yo‘l tutayotgandek taassurot paydo bo‘ladi. Ruslar esa, "tashviqot" yo‘li bilan faqat aldashmoqda, — deydi muallif. 

Biroq, bu kabi fikrlar ilmiy asosga ega emas. G‘arb OAV esa unchalik ham mustaqil emas, deyiladi maqoladi. 

Masalan, Manchester Universiteti tadqiqotida ma'lum bo‘lishicha, 2003 yili aksariyat Britaniya nashrlari, mamlakatning Iroqqa bostirib kirishi borasidagi hukumat qarorini tanqid qilish o‘rniga, ma'qullagan. 

Shuningdek, g‘arb hukumatlari, jamoatchilik fikrini boshqarish usullaridan ko‘p foydalanadi, deb yozadi Robinson. Buning uchun, bo‘rttirib ko‘rsatish, qasddan sukut saqlash va boshqa ma'lumot tarqatish usullaridan foydalaniladi. 

Iroqqa bostirib kirishda aynan shu kabi usullar qo‘llanilgan va qalbaki razvedka ma'lumotlari jamoatchilikning urushni yoqlashiga olib kelgan edi. 

Yangiliklar tinglovchilari uchun murakkab davrlar boshlangan, deydi Robinson, biroq odamlar, uning fikricha, axborotlar oqimida suzishni o‘rganishlari kerak. 

"Buning uchun birinchi navbatda bizning hukumat va OAVmizni erkin va xolis, xorijiy mamlakatlarni esa, aksincha fikrlashdan uzoq bo‘lish darkor". 

Ikkinchidan, qimmatli va xolis axborotni boshqa manbalardan ham olish mumkinligini tan olish lozim.

Ko‘proq yangiliklar: