Gabor Kiraly Vengriya terma jamoasidagi faoliyatini yakunladi

Sport 10:25 / 03.08.2016 4012

Vengriya terma jamaosi darvozaboni Gabor Kiraly milliy terma jamoadagi ishtirokini to‘xtatish haqida ma'lum qildi. O‘zining alohida tashqi ko‘rinishi bilan ajralib turuvchi 40 yoshli darvozabon bu haqida o‘zining rasmiy sayti orqali ma'lum qilgan.

Kiraly mamlakat terma jamoasi darvozasini xalqaro o‘yinlarda 1998 yildan buyon qo‘riqlab kelardi. U Vengriya terma jamoasi safida o‘tkazilgan o‘yinlar soni bo‘yicha rekordchi (107 uchrashuv) hisoblanadi.

2016 yilgi Yevropa chempionatida u terma jamoa bilan nimchorak finalgacha bordi. Bu bosqichda vengrlar Belgiya terma jamoasiga 0:4 hisobida mag‘lub bo‘lgandi.

Ayni vaqtda Kiraly ichki chempionat vakili bo‘lmish "Xaladash" jamoasi sharafini himoya qiladi.

Manba: Tribuna.uz

Ko‘proq yangiliklar: