Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an mamlakatda amalga oshirilishi rejalashtirilgan isyonni o‘z vaqtida payqab, uning oldini ola bilmagani uchun xalqdan uzr so‘radi. Bu haqda Anadolu axborot agentligi xabar tarqatgan.
"Agar biz 2013 yili sud tizimida zarur choralar qo‘llamaganimizda (2013 yilning 17 dekabrida Turkiyada Fathulloh Gulen yirik korruptsion mojaroda ayblanganidan keyin) harbiy davlat to‘ntarishiga urinish ko‘lami yanada kengroq bo‘lardi. Isyonda faqat terrorchilar emas, ularning armiya, sud tizimlari va politsiyachilar ichidagi tarafdorlari ishtirok etdi.
Men hammasidan ham ko‘ra, bu xoinlarning asl yuzini oldinroq bilmaganimizdan xafaman. Bilaman, buning uchun biz xudo oldida va xalq oldida javobgarmiz. Bizni kechirishlarini so‘raymiz", degan u Anqaradagi diniy kengashda qilgan nutqida.
U yana bir bor Fathulloh Gulen boshchiligidagi muxolifat vakillariga qarshi hal qiluvchi kurash olib borilishini ta'kidlagan.