BMT: Suriyada oxirgi kunlarda 5 ta shifoxona aviazarbalarga uchradi

Jahon 07:08 / 03.08.2016 5907

BMT oxirgi kunlarda Suriyada 5 ta shifoxona aviazarbaga uchragani haqidagi xabarlarni olgan. Shifoxonalardan uchtasi Halabda joylashgan. Bu haqda jurnalistlarga BMT bosh kotibining rasmiy vakili Stefan Dyujarrik ma'lum qildi. 

Uning aytishicha, BMT bosh kotibi "Suriyada fuqarolik infratuzilmasi va ayniqsa tibbiyot muassasalarining barbod bo‘lishi davom etayotganidan havotirlanmoqda". "Oxirgi kunlarda BMT 5 ta shifoxona aviazarbalarga uchragani haqida xabar oldi, ulardan uchtasi Halabda, bittadan Dar'a va Idlibda joylashgan", deb aytdi Dyujarrik. Uning aytishicha, BMT manbalari ma'lumotlariga ko‘ra, zarbalar oqibatida o‘nlab odamlar, jumladan bolalar va homilador ayollar halok bo‘lgan.

Dyujarrik Halabda jangovor harakatlar oqibatida energiya va suv ta'minoti shikastlangani va butun shahar aholisi chiroq va suvsiz qolib ketganini ma'lum qildi. U Suriyadagi ixtilofning barcha tomonlarini shifoxonalarga va fuqarolik infratuzilmasining boshqa obektlariga hujumlarni bas qilishga hamda xalqaro huquq doirasidagi o‘z majburiyatlarini hurmat qilishga chaqirdi.

Bosh kotibning rasmiy vakili Farxon Haqning aytishicha, aviazarbalar haqidagi axborot nohukumat tashkilotlaridan kelib tushgan.

Ko‘proq yangiliklar: