AQSh ilk xususiy tadqiqot firmasiga Oyga qo‘nishga ruxsat berdi

Fan-texnika 20:17 / 03.08.2016 4638

Amerika Qo‘shma Shtatlarida xususiy tadqiqot tashkilotlari koinotni o‘rganishni boshladi. TASS agentligining ma'lumot berishicha, AQSh Moon Express xususiy tadqiqot firmasiga 2017 yilda Oyga qo‘nishga ruxsat bergan.

«AQSh hukumati tarixiy qaror qabul qildi. U bizga 2017 yilda Oyga qo‘nishimiz uchun ruxsat berdi»,- deydi Moon Express asoschilaridan biri Bob Richards. 1967 yilgi kelishuvga ko‘ra, xususiy firmalarning Yerdan tashqari xavfsizligi uchun AQSh mas'uliyatni to‘liq o‘z zimmasiga oladi.

Bunday firmalarning paydo bo‘lishi koinotni o‘rganishdagi yutuqlarga sabab bo‘lishi aytilmoqda. Kichik Jorj Bush vaqtida AQSh Oyda astronavtlar uchun bino qurishni 2019 yildan boshlab, 2024 yilda uni yakunlamoqchi edi. Lekin Omaba Oq Uy tepasiga kelgach, «pul yo‘q» bahonasi bilan barchasini to‘xtatib qo‘ygan edi.

Shu sabab endigi yo‘l xususiy mablag‘ni koinotni o‘rganishga tikish deb hisoblanmoqda va Moon Express bu boradagi ilk tashkilot bo‘lib qoladi.

Ko‘proq yangiliklar: