AQSh yangi qit'alararo ballistik raketa ishlab chiqarish ishiga kirishadi

Jahon 10:59 / 03.08.2016 6723

Pentagon ma'muriyati yangi ballistik raketani yaratish va ishlab chiqarishni boshlash uchun ruxsat berishga hozirlik ko‘rmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, ayni vaqtda mamlakat yadro triadasini modernizatsiya qilishi shartmi?, degan tortishuvlarni qaytadan avj oldiradi, deb xabar qilmoqda Blumberg agentligi.

Davlat shartnomasini olishga Lockheed Martin, Boeing va Northrop Grumman korporatsiyalari da'vogarlik qilmoqda.

AQSh mudofaa vazirligining qurol va texnologiyalar xarid qilish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Frenk Kendall 3-avgust kuni Mudofaa xaridlari kengashining navbatdagi majlisini o‘tkazadi. Unda, AQSh HHKga xaridlar hamda 1970-yildan beri jangovar safda turgan Minuteman III qit'alararo ballistik raketalarni almashtirish narxi muhokama etiladi.

Ko‘proq yangiliklar: