Jahon aholisining eng badavlat bir foizi qayerda yashaydi?

Jamiyat 10:13 / 02.08.2016 16634

Oksford universiteti olimlari dunyo aholisining atigi bir foizini tashkil etuvchi eng boy-badavlat insonlar asosan qaysi mamlakatlarda yashashini aniqlashga harakat qilishdi. 

Ushbu ro‘yxatda birinchi o‘rinni AQSh egallagan bo‘lib, o‘sha bir foiz jahon boylarining 38 foizi ushbu mamlakatda istiqomat qiladi. Ikkinchi o‘rinda 8,5 foizlik ko‘rsatkich bilan Yaponiya bormoqda. 

Uning ortidan 5,8 foizlik raqam bilan Germaniya joylashgan. Fransiyada eng boy bir foiz aholining 5,4 foizi, Braziliyada 5,3 foizi yashaydi. Rossiya bu reytingda Xitoy bilan tenglashgan. Ikkala mamlakatda eng boylarning 3,4 foizidan istiqomat qilishi aniqlangan. 

Bundan tashqari, olimlarning qayd etishlaricha, rivojlanayotgan mamlakatlarda yashayotgan boylar soni ham ortib bormoqda.

Ko‘proq yangiliklar: