O‘zbek estradasi xonandasi Ahmadboyga bag‘ishlab qo‘shiq kuyladi

Jamiyat 20:47 / 02.08.2016 29401

O‘zbek estradasi xonandasi Murod Manzur Ahmadboyga bag‘ishlab qo‘shiq kuyladi. Qo‘shiqqa ishlangan klip YouTube saytida joylashtirilgan.

Klipda osongina pul topish, boyligini bir zumda ko‘paytirish maqsadida Ahmadboyga o‘z mashinasini topshirgan va oxir-oqibat pand yeb qolgan qahramonning sarguzashtlari kulgu ostiga olinadi. 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston hududida moliya piramidasi tashkil etgan, xalq orasida "Ahmadboy" deya nom qozongan, noqonuniy valyuta operatsiyalari bilan shug‘ullanib kelgan Ahmadjon Tursunboyev Toshkent viloyati huquq-tartibot organlari tomonidan qo‘lga olindi. 

U va uning xodimlari aholidan hech qanday kafolat bermagan holda eng kamida 100 foizlik yillik ustama bilan qaytarish sharti bilan milliy va xorijiy valyutada pullarni qabul qilib olgan. Yanada aniqrog‘i, tomonlar biror kor-hol sodir bo‘lgan taqdirda pul topshirayotganlarning yaqinlari ularni qaytarishni talab qilmasligiga kelishgan. Qo‘shimcha ravishda, Tursunboyev oyiga 40 foizlik ustama bilan xorijiy valyutada qarzga pul berish bilan ham shug‘ullangan.

Ko‘proq yangiliklar: