Turkiyada davlat to‘ntarishiga urinishdan so‘ng, Gretsiyaga kirib kelayotgan noqonuniy muhojirlar soni ikki martaga ortdi, deb yozmoqda Britaniyaning Daily Mail nashri.
Xabar qilinishicha, amalga oshmay qolgan harbiy isyondan ikki hafta o‘tgach, 1170 nafardan ortiq muhojir Egey dengizini suzib o‘tgan. Ikki hafta oldin, bu raqam 560 kishini tashkil etgandi.
Bundan tashqari, nashr Italiya bo‘yicha ma'lumotlarni ham keltiradi. Birgina o‘tgan haftaning 4 kuni mobaynida u yerda Yevropaga dengiz orqali kirib kelishga uringan 6,5 ming kishi qutqarilgan.
Ispaniya sohilbo‘yi qutqaruv xizmati ham kirib kelayotgan muhojirlar soni ortayotganini ta'kidlagan. Xususan, o‘tgan dam olish kunlari 3ta kichik qayiqda suzib kelayotgan 74 kishi qutqarilgan.