Turkiyadagi harbiylar isyonidan keyin 94 nafar futbol hakami ishdan haydaldi

Sport 21:29 / 02.08.2016 4563

Turkiya futbol federatsiyasi 94 nafar futbol hakamini mamlakatda ro‘y bergan harbiy to‘ntarishga urinishdan keyin boshlangan yalpi tozalash ishlari doirasida ishdan bo‘shatdi.

Bundan oldinroq shu sabab bilan  federatsiya rahbariyati to‘la tarkibda iste'foga chiqarilgandi.

Shundan so‘ng, Turkiya futbol federatsiyasi davlat idoralarining tashkilot ishiga aralashishi sababli UYeFA va FIFA a'zoligidan chiqarilishi mumkinligi, buning ortidan Turkiya terma jamoasi 2018 yilgi JCh uchun saralash turniridan chetda qolishi haqida xabar berilgandi. 

Shu vaqtgacha Turkiyadagi turli sohalarning 80 mingdan ortiq xizmatchisi siyosiy voqealar tufayli o‘z ishidan ayrilgan.

Manba: Tribuna.uz

Ko‘proq yangiliklar: