Tesla kompaniyasi modellar qatori miniven bilan to‘ldiriladi. Nomi noma'lum bo‘lgan yangi mashina Model X elektr krossoveri negizida quriladi. Bu haqda kompaniya rahbari Ilon Mask kompaniya tvitterida ma'lum qildi.
Bundan tashqari, Mask bu xabarga izohlarda yana bitta yangi model – Model Y’ning paydo bo‘lishini tasdiqladi. 2015 yil oktabrda Mask bunday nomdagi mashina chiqarilishi haqida yozgandi. O‘shanda bu yozuv chop etilgandan keyin o‘chirib tashlangandi.
O‘shanda Model Y kompaniyaning ikkinchi krossoveri bo‘lishi ma'lum qilingandi. Taxmincha, yangi model Model X kabi "lochin qanoti" ko‘rinishidagi orqa eshiklar bilan jihozlanadi.