Tabiatning yana bir isyoni: Merilend shtatidan jonli kadrlar

Jahon 16:12 / 02.08.2016 10028

30 iyuldan 31 iyulga o‘tar kechasi AQSh sharqida joylashgan Merilend shtati qirg‘oqlariga tabiiy ofat yopirildi. Eng ko‘p Vashingtondan 30 km uzoqlikda joylashgan Ellikott-Siti shahri zarar ko‘rgan. CNN manbasining xabariga ko‘ra, shahardagi yog‘in miqdori 16 sm.ni tashkil etgan.

“Feysbuk” foydalanuvchilaridan biri Sara Arditti toshqin paytida o‘z avtomobiliga qamalib qolgan ayolni eri va boshqa odamlar tomonidan qutqarilishi aks etgan videoni o‘z sahifasiga joylashtirdi.

Videorolikdan toshqinning qanchali kuchli bo‘layotganiligiga guvoh bo‘lish mumkin. Rolikdagi asosiy voqealar shaharning Meyn-strit ko‘chasida sodir bo‘lgan.
Bu kadrlar Ellikott-Siti markazida joylashgan restoranning ikkinchi qavatidan suratga tushirilgan.  Suv binoning birinchi qavatini to‘la qoplagan.
Shahar aholisi balandlikda joylashgan parkka ko‘chirilgan. Suv oqimi yo‘lida uchragan barcha narsalar: chiqindi va daraxt bo‘laklarini yuvib ketgan.
Toshqin Ellikott-Sitidan ikki kishining hayotiga zomin bo‘ldi. U turar-joy binolariga jiddiy zarar yetkazdi. Eng katta zarar quyiroqda joylashgan shahar markazida qayd etilgan. 120 kishi qutqarib qolingan.

Ko‘proq yangiliklar: