Sayyohlarni qiziqtirayotgan Toshkent, “Nida” to‘foni, AQShning atom bombasi, Rioda O‘zbekistonning salohiyati haqida

O‘zbekiston 20:02 / 02.08.2016 12595

Yakunlanib borayotgan kun so‘ngida O‘zbekiston va jahonda yuz bergan eng asosiy hodisa va yangiliklar dayjesti. 

Toshkent rossiyalik sayyohlar orasida qiziqish yuqori MDHdagi shaharlar o‘nligida qayd etildi

Rossiyadagi «RoomGuru.ru» sayyohlik servisi 2016 yilda rossiyalik sayyohlar orasida MDH mamlakatlarining eng ommabop bo‘lgan shaharlarini aniqladi. Mazkur reytingda Toshkent shahri 7-o‘rinda qayd etilgan.

«O‘zbekiston havo yo‘llari» 2016 yilning 1-yarmida qariyb 1,2 mln yo‘lovchi tashidi

«O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasi 2016 yilning birinchi yarmi davomida 1 million 176,9 ming yo‘lovchini o‘z manziliga yetkazib, 10671 reysni amalga oshirdi.

“Nida” to‘foni Hongkongda: tabiat va inson o‘rtasida kurash davom etmoqda

Tinch okeanida ko‘tarilgan “Nida” to‘foni Hongkonga yopirildi va shaharni vayron etib tashladi. Noqulay ob-havo tufayli megapolisdagi maktablar, davlat muassasalari, banklar va ofislar yopilgan. Tonggi birjalarda savdo olib borilmagan.

Xitoy Rossiyani quvib yetdi

Xitoy ishlab turgan yadroviy reaktorlari soni borasida Rossiya bilan tenglashib olgan. Bu haqda Bloomberg Atom energetikasi bo‘yicha xalqaro agentlik (MAGATE) ma'lumotiga asoslanib xabar berdi.


AQSh takomillashtirilgan atom bombasini ishlab chiqarishni boshladi

Xabarlarga ko‘ra, boshqarma loyihasi hozircha muhandislik bosqichida. U, 2020 yildan sanoatda ishlab chiqarila boshlanadi.

Tabiatning yana bir isyoni: Merilend shtatidan jonli kadrlar

30 iyuldan 31 iyulga o‘tar kechasi AQSh sharqida joylashgan Merilend shtati qirg‘oqlariga tabiiy ofat yopirildi. Eng ko‘p Vashingtondan 30 km uzoqlikda joylashgan Ellikott-Siti shahri zarar ko‘rgan.

Leopard Hindistondagi asal oyini nishonlayotgan juftlikning xonasiga kirib ketdi

Leopard atrofdagi itlarning hurishidan qo‘rqib ketgan va o‘zini mehmonxona xonasiga urgan. Yosh juftlikning baxtiga yirtqich oynadan tusha sola vannaga yugurgan.

AQSh va Bahrayn futbolchilari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi ommaviy mushtlashuv bilan yakunlandi

Ziddiyat tashkilotchisi bahraynliklar vakili bo‘lgan, u o‘z jamoasi futbolchisi qoida buzganidan keyin to‘pni yerda yotgan amerikalik futbolchining yuziga qarata tepgan.

O‘zbekiston Rio Olimpiadasi g‘olibligi uchun eng ko‘p mukofot va'da qilgan 5 davlatdan biri bo‘ldi

O‘zbekiston Rio-de-Janeyrodagi Olimpiada o‘yinlarida «oltin» medal olgan sportchi uchun va'da qilingan mukofot puli miqdori bo‘yicha "kuchli beshlik" qatoriga kirdi.

Pokemon GO o‘yini bilan ovora bo‘lgan amerikalik er-xotin o‘g‘lini esdan chiqardi

Ma'lum bo‘lishicha, uyning chimli maydoni yaqinida yig‘lab turgan bolani qo‘shnilar ko‘rib qolib, politsiyaga qo‘ng‘iroq qilishgan. Hodisa joyiga yetib kelgan politsiya xodimlari, bolani birgina futbolka va taglik bilan topishgan.

Ko‘proq yangiliklar: