Rossiya Ukrainadan Qozog‘iston hamda Qirg‘izistonga jo‘natilgan 143ta temiryo‘l vagonini o‘z hududidan o‘tkazmadi. Bu haqda, UNIAN agentligi, Ukraina iqtisodiy taraqqiyot va savdo vazirligi ma'lumotlariga asoslangan holda xabar qilmoqda.
Ma'lumotlarga ko‘ra, qaytarilgan vagonlarning 106 tasi boshqa yo‘nalish bo‘yicha manzilga yuborilgan. 33 tasi yukni jo‘natuvchiga qaytarilgan. Yana to‘rttasi chegarada qolmoqda.
Ukraina axborot agentligi vagonlardagi yuk haqida ma'lum qilmagan.
Rossiya tomonining bu kabi keskin choralari shu yilning birinchi iyulidan Ukrainaga nisbatan joriy qilingan qo‘shimcha sanksiyalar doirasida amalga oshirilmoqda.