Xitoy ishlab turgan yadroviy reaktorlari soni borasida Rossiya bilan tenglashib olgan. Bu haqda Bloomberg Atom energetikasi bo‘yicha xalqaro agentlik (MAGATE) ma'lumotiga asoslanib xabar berdi.
Birinchi o‘rinda AQSh qayd etilgan (100 reaktor), ikkinchi o‘rinda Fransiya (58), uchinchida — Yaponiya (43). Xitoy va Rossiya 35tadan yadroviy reaktorga ega bo‘lgan holda 4-5 o‘rinlarni bo‘lishib turibdi.
MAGATE tomonidan qayd etilishicha, Xitoy yangi yadro reaktorlari qurishda davom etmoqda. Agentlik ma'lumotiga ko‘ra, Xitoy yaqin vaqt ichida yana 20 reaktor qurib, bu borada Rossiyani ortda qoldirishni rejalashtirgan.
Yadroviy dasturlar rejasi bajarilgach, Xitoy ikkinchi o‘rin uchun Fransiya bilan raqobatlashishi aytilgan. Lekin bu uchun kamida 10 yil talab etiladi.