Moskvadagi Gorkiy bog‘ida sobiq desantchi cho‘kib ketdi

Jahon 23:30 / 02.08.2016 6099

Moskvada havo-desant qo‘shinlari kuni nishonlanishi vaqtida Gorkiy bog‘idagi hovuzda  sobiq desantchi cho‘kib ketdi, deb ma'lum qildi tibbiy doiradagi manbaga iqtibos keltirgan holda TASS axborot agentligi. 

"03 xizmatiga chaqiruv soat 15.30larda kelib tushgan. Gorkiy bog‘idagi Bahor xiyobonidagi hovuzda erkak cho‘kib ketgani ma'lum qilingan. Voqea joyiga yetib kelgan tez yordam shifokorlari erkakning o‘lganini qayd qilishgan", deb ma'lum qildi manba. 

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, sobiq desantchi cho‘milish vaqtida suv yutib yuborishi oqibatida cho‘kib ketgan.

Ko‘proq yangiliklar: