Meksikaning Puebla shtatida Xuexuetlan el Grande shahri meri Xose Santos Mariya Zavala otib o‘ldirildi. Bu oxirgi ikki hafta ichida uchinchi mer o‘ldirilishi bo‘ldi.
Mer avtomobili yonida o‘lik holda topilgan. U bilan birga avtomobilda bo‘lgan kotibi voqea joyida politsiya kelganda bo‘lmagan. Uning hozirda qayerdaligi noma'lum. Hozircha hujum sababi ham ma'lum qilinmagan.
O‘tgan yili Zavala mahalliy banditlar tomonidan do‘pposlanib, tunalib, o‘z uyida garovda ushlab turilgan.
Iyulda jinoyatchilar qo‘lidan Meksikaning ikkita meri halok bo‘lgandi, ulardan biri mafiya a'zolari tomonidan bildirilgan tahdidlardan keyin bir necha bor markaziy hokimiyatga himoya qilish iltimosi bilan murojaat qilgandi.
Meksika merlari uyushmasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2003 yildan beri 40 nafar mer – endigina saylanib, hali lavozimiga o‘tirishga ulgurmagan 7 nafar va 32 nafar amaldagi mer o‘ldirilgan.
Yanvarda Temisko shahri ayol meri o‘z majburiyatlarini bajarishga kirishgandan keyin bir kun o‘tmay, o‘z oila a'zolari ko‘zi oldida otib ketilgandi.