Kuvayt hukumati byudjyet tanqisligini kamaytirish uchun benzin narxini oshirishni ma'qulladi

Iqtisodiyot 08:15 / 02.08.2016 3662

Kuvayt hukumati byudjyet tanqisligini kamaytirish uchun benzin narxini oshirishni ma'qulladi. Bu haqda amirlik vazirlar mahkamasining 1 avgustda tarqatilgan bayonotida aytilgan.

"Vazirlar kengashi iqtisodiy qo‘mita tavsiyalariga amal qilib, yonilg‘ini subsidiyalashni oqilonalashtirish jarayonini boshlashga qaror qildi, bu iqtisodiy islohotlarning bir qismi bo‘ladi", deb bayonotga iqtibos keltirdi KUNA axborot agentligi. "Endilikda neft narxiga bog‘lanadigan yangi narx siyosati 1 sentabrdan kiritiladi", deb aytildi xabarda. 

Ma'lum qilinishicha, endilikda Ai-91 benzini narxi 85 fils (28 sent), Ai-95 - 105 fils (34 sent), Ai-98 esa 165 filsni (54 sent) tashkil qiladi. Bu holat narx benzin turlari uchun mos ravishda 41, 61 va 83 foizga oshganini anglatadi. Ai-98 benzinining deyarli ikki martaga qimmatlashishi uning bozordagi iste'moli ulushi bor-yo‘g‘i 2 foizdan ko‘pmasligi bilan shartlangan.

Shu tariqa Kuvayt Fors ko‘rfazi arab davlatlari  hamkorlik kengashiga kiruvchi davlatlardan (Saudiya Arabistoni, Kuvayt, Qatar, BAA, Ummon, Bahrayn) yonilg‘i narxlarining davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi to‘liq yoki qisman kamaytirilishini e'lon qilgan oxirgi davlat bo‘ldi. Hukumatning ma'lum qilishicha, benzin narxi kelajakda neft narxiga bog‘liq holda har 3 oyda qayta ko‘rib chiqiladi.  

Daslatbki hisob-kitoblarga ko‘ra, 2016-2017 moliyaviy yilda Kuvayt byudjyetining tanqisligi 40 mlrd dollarni, ya'ni 60 foizni tashkil qilgan. Hozirda esa gap 29 mlrd dollar haqida ketmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: