Shvetsiyaning Koenigsegg kompaniyasining superkarlariga bo‘lgan talabni ijro etish uchun 2,5 yil mobaynida avtomobil ishlab chiqarish zarur, deb xabar qilmoqda kompaniya Tvitterdagi sahifasida.
Ushbu savdo belgisi vakillarining so‘zlariga ko‘ra, kompaniya ishlab chiqarish hajmini oshirib, navbatni qisqartirishga umid qilmoqda. Xabarlarga ko‘ra, Koenigsegg so‘nggi 14 yilda atigi 150ga yaqin avtomobil yiqqan. Uning eng zamonaviy modellari esa, allaqachon sotib bo‘lingan.
Ayni damda, Shvetsiya brendi Agera (25 ta nusxa) va One 1 (7 dona) rusumli modellarini sotib bo‘lgan. Hozircha, shu yilning mart oyida Jyeneva avtoko‘rgazmasida namoyish etilgan Regera gibridi o‘z mijozlarini kutmoqda.
Koenigsegg Regera superkariga 1100-ot kuchiga ega, besh litr hajmli, «turbosakkizlik» (sakkiz silindrli motor), 3ta elektrmotor qo‘yilgan bo‘lib, batareyalari majmuasi 800-voltlidir. Uni giperkar uchun maxsus ishlab chiqilgan birdiapazonli uzatmalar qutisi harakatga keltiradi. Bu mashina 2,8 soniyada «yuz»ga chiqadi. 200, 300 va 400 km/soat tezlikka tegishli ravishda 6,6, 10,9 va 20 soniyada erishadi.
Shvedlar «Regera»dan jami 80 nusxa ishlab chiqarishni rejalashtirishgan. Uning narxi — 2 mln yevrodan ortiqdir.