KXDR hukumati AQShni Koreya yarimorolida biokimyoviy urushga hozirlik ko‘rayotganlikda aybladi. Pxenyan o‘z fikriga biotahdidlarga qarshi JUPITR amerika-janubiy koreya qo‘shma dasturini vaj qilib ko‘rsatmoqda. Shimoliy Koreya xalq armiyasi vakilining bayonotini Yonxap agentligi xabar qilmoqda.
"Amerika imperializmi qurolli kuchlarining JUPITR dasturi KXDRga qarshi urushda biokimyoviy jangovar harakatlarni amalga oshirishga qaratilgan", — degan Shimoliy Koreya armiyasi vakili.
Amerika harbiylarining bayonotlariga ko‘ra, JUPITR (Joint United States Forces Korea Portal and Integrated Threat Recognition —amerika-yapon JUPITER dasturi emas) AQShning Janubiy Koreyadagi harbiy kuchlarining biokuzatuvlarini tezlashtiradi va qulaylashtiradi.