Kerri: «Rossiya va Asadning qilayotgan ishlari AQShni bezovta qilmoqda»

Jahon 10:55 / 02.08.2016 10699

AQSh davlat kotibi Jon Kerri Rossiya hamda Bashar Asadning Suriyada qilayotgan ishlari AQShni bezovta qilayotganini ta'kidladi.

«Hozir Rossiya va Asadning olib borayotgan ishlari qanchalikka bardosh berishiga oydinlik kiritiladigan kunlar. Ko‘ramiz, balki yaqin soatlar yoki kunlarda Rossiya va Asadning harakatlarida o‘zgarish bo‘lar.

Biroq ayni vaqtdagi ularning harakatlari bizni bezovta qilmoqda. Ular BMT Xavfsizlik kengashining qoidalaridan chetlashgan holda faqat jang qilishni xohlashmoqda»,- deydi Kerri Vashingtonda Kolumbiya tashqi ishlar vaziri Mariya Anxel bilan uchrashuv chog‘ida.

Ko‘proq yangiliklar: