Kaliforniyada avtobus ustunga borib urilishi oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi

Jamiyat 20:16 / 02.08.2016 4060

AQShning Kaliforniya shtatidagi trassada avtobus ishtirokida ro‘y bergan yo‘l transport hodisasi oqibatida kamida 5 kishi halok bo‘lgan. Bu haqda 6ABC xabar tarqatdi.

Avariya 2 avgust kuni ertalab sodir bo‘lgan.

Xabarda aytilishicha, 30 yo‘lovchini mindirgan avtobus Janubiy Kaliforniyadagi Sakramento shahridan yo‘lga chiqqandi. U nom'lum sababga ko‘ra, yo‘l ko‘rsatkich osilgan ustunga borib urilgan.

Hodisa oqibatida 5 kishi halok bo‘lishidan tashqari, yana 5 kishi jarohatlangan holda vertolyot orqali shifoxonaga olib ketilgan.

Ushbu YTHdan keyin trassada qatnov vaqtinchalikka to‘xtatilgan.

Ko‘proq yangiliklar: