Turkiya prezidenti Rajab Erdo‘g‘anning o‘g‘li Bilol Erdo‘g‘an Italiyada sud qilinmoqda. Italiya hukumati uni pullarni yuvishda (yashirish) ayblamoqda. Ularning fikricha, Bilol noqonuniy yo‘l bilan topilgan pullarni «yuvish» uchun Italiyaga kelgan.
Kichik Erdo‘g‘anning advokati Massimiliyano Anettaning ta'kidlashicha, prokuror ishni olib borayotgan sudyaga tekshiruv muddatini cho‘zishni so‘rab murojaat qilgan va rozilik olgan. Uning so‘zlariga qaraganda, Italiyada Erdo‘g‘anni aniq nima masalada sud qilishayotgani aniq emas. U Turkiya prezidentining o‘g‘lini chegarani bosib o‘tganlikda ayblashayotganini taxmin qilgan.
Erdo‘g‘anning o‘g‘li AQShdagi Jon Hopkins xususiy universitetining Italiyadagi bo‘limiga dissertatsiyasi ustida ishlash uchun borgani aytilmoqda.
Italiyaning Rai 24 telekanali bu borada Turkiya rahbarining o‘zidan fikr so‘radi.
«Mening o‘g‘lim pullarni yuvishda ayblanmoqda, lekin qanday asos bilan hech kim bilmaydi. Sizning mafiyalar esa pulni yashirishi aniq»,- deya javob qaytargan Erdo‘g‘an.