Xalqaro olimpiya qo‘mitasining Rio-de-Janeyro shahrida boshlangan 129-sessiyasida Ijroiy qo‘mitaning rossiyalik sportchilarni muayyan mezonlar bo‘yicha 2016 yilgi Olimpiadaga qo‘yish borasidagi qarori qo‘llab-quvvatlandi. Qo‘mitaning 21 iyul kuni chiqargan qarori uchun sessiya ishtirokchilaridan deyarli barchasi (faqat 1 kishi qarshi) ovoz bergan.
24 iyul kuni XOQ Rossiya terma jamoasini to‘la tarkibda Olimpiada o‘yinlaridan chetlatmaslik bo‘yicha qaror qabul qilgandi. Turnirga doping bilan bog‘liq muammosi bo‘lmagan sportchilar qo‘yilishi aytilgan.
Yakuniy qaror Rio-de-Janeyrodagi sessiya vaqtida maxsus komissiya tomonidan qabul qilinishi kutilayotgandi. Komissiyaga XOQ a'zosi Xuan Antonio Samaranch Kichkina, XOQ tibbiy komissiyasi rahbari Ugur Erdener va atletlar komissiyasi Klaudiya Bokel kirdi.