Dunyodagi yirik investitsion banklardan biri Goldman Sachs tahlilchilari Rio-de-Janeyroda 5 avgust kuni boshlanadigan Olimpiada o‘yinlarida mamlakatlarning nechta medal olishi mumkin ekanini taxmin qildi.
Unga ko‘ra, AQSh 106 medal qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egallaydi. Medallardan 45 tasi oltin bo‘ladi. Xitoy esa 89 ta medal oladi. Uchinchi o‘rindagi Buyuk Britaniya sportchilari Olimpiadada 59 marta shohsupaga ko‘tarilishlari taxmin qilingan.
Goldman Sachs musobaqada avvalgiga qaraganda ancha kam ishtirokchi bilan qatnashayotgan Rossiya terma jamoasi 58 medal bilan kifoyalanadi degan fikrda. Ularning taxminicha, O‘zbekiston bu galgi Olimpiadada to‘rtta medal oladi. Shulardan bittasi oltin.
Manba: Tribuna.uz