Di Kaprio Klinton kampaniyasiga pul o‘tkazadi

Jamiyat 11:40 / 02.08.2016 5111

Amerikalik aktyor Leonardo Di Kaprio Los-Anjyelesdagi hashamatli villasida tantanali ziyofat tashkil etadi. Ma'lum bo‘lishicha, unda to‘plangan mablag‘lar AQSh prezidentligi uchun Demokratik partiyadan nomzod Hillari Klinton kampaniyasi hisobiga o‘tkaziladi. Bu haqda, Variety jurnali o‘z manbalariga asoslangan holda xabar qilmoqda. 

«Hillari bilan suhbat» deb nomlanadigan ziyofat kechasi 23-avgust kuni bo‘lib o‘tadi va unda ishtirok etishni istagan har bir kishi 33,4 ming dollarlik chipta xarid qilishi talab etiladi. Uning 2,700 dollari Klinton kampaniyasiga, qolgani partiya ehtiyojlariga yo‘naltiriladi. 

Aytish joizki, Klinton o‘z kampaniyasida yulduzlardan birinchi marta foydalanayotgani yo‘q. Avvalroq, aktyor Jorj Kluni ham shu kabi ziyofat uyushtirgan edi. Uning kirish chiptasi ham 33,4 ming dollar deb belgilangandi.

Ko‘proq yangiliklar: