dewell - mikroblarni yo‘q qiladi, xavfni bartaraf etadi!

Light 09:11 / 02.08.2016 12204

Tongda turib yuz-qo‘limizni yuvamiz, keyin nonushta qilamiz, poyabzalimizni kiyib transportda yuramiz, ishxonada qo‘llarimiz bilan hujjatlarni va boshqa ko‘plab narsalarni ushlaymiz... 
Ko‘rinishidan toza ko‘ringan qo‘llarda juda ko‘p mikroblar bo‘lishi mumkin. Ana shunday damlarda sizga dewell yordamga keladi. dewell kun davomida  qo‘llaringizni toza tutadi. 
Ko‘plab tadqiqotlar va ilmiy dalillarning tasdiqlashicha, qo‘llar gigiyenasi yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini oluvchi muhim chora vositasi hisoblanadi. 
Ekspertlar yuqumli kasalliklarning taxminan 80 foizi qo‘llar orqali tarqalishini aniqlagan.
O‘zingiz va yaqinlaringizni yuqumli kasalliklardan asrash uchun qo‘llarni doim sovun bilan yuvish kerak. Biroq har doim ham buning imkoni bo‘lavermaydi. Sovun bilan suvni cho‘ntakka solib yurolmaysiz, axir. Ba'zilar esa o‘z sog‘lig‘iga befarqligi yoki tabiatan erinchoq bo‘lganligi bois qo‘llarini vaqtida yuvmaydi. 
Qo‘llarni tez-tez sovunlab yuvish kerakligini hammamiz yaxshi bilamiz, ammo bu jarayon barcha uchun birdek yoqimli emas, chunki bu qo‘l terisining qurishiga olib kelishi mumkin. 
Spirt asosida yaratilgan dewell antiseptik geli eng ko‘p tarqalgan kasallik tug‘diruvchi mikroblarni atigi 15 soniya ichida yo‘q qiladi.  Gel tarkibidagi namlantiruvchi vositalar esa qo‘l terisini juda mayin va toza saqlaydi. Eng asosiysi, uni yoningizda olib yurish qulay, u har qanday vaziyatda ham qo‘l gigiyenasini saqlab turadi. 
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti antiseptik tarkibidagi alkogol miqdori 60 foizdan kam va 80 foizdan ko‘p bo‘lsagina mikroblarni yo‘q qilishiga e'tiborni qaratadi. dewell antiseptik vositasi aynan shu talablarni inobatga olgan holda ishlab chiqilgan. Demak, dewell bilan qo‘llaringiz ishonchli qo‘llarda!

Yangi iPhone 6s sohibi bo‘lishni istaysizmi? U holda  dewell'ning «Toza-selfi» aksiyasida ishtirok etishga shoshiling! 

Oddiy qoidalar, qimmatbaho sovg‘a va bir olam quvonch! Quyidagi shartlarni bajarsangiz, kifoya: 

Facebook'dagi dewell.uz sahifasiga "layk" bosing va bu xabarni do‘stlaringiz bilan o‘rtoqlashing (repost);

dewell antiseptik geli bilan ijodiy selfi yarating;

Ushbu selfini  #‎ilovedewell xeshtegi bilan postga izoh sifatida joylashtiring;

Izohlarda dewell'ni nima uchun yaxshi ko‘rishingizni yozib qoldiring.

Suratga qanchalik ijodiy yondashsangiz, g‘olib bo‘lish imkoniyatingiz shunchalik ko‘proq bo‘ladi!
Tanlov 2016 yilning 7 iyulidan 8 avgustiga qadar davom etadi. Maxsus komissiya 20 nafar finalchini aniqlab oladi va ular orasidan tasodifiy raqamlar generatori yordamida g‘olibni tanlaydi.
Sovg‘aning omadli sohibi kim ekanini 12 avgust kuni bilib olasiz.

Reklama huquqi asosida.

Ko‘proq yangiliklar: