Sobiq jahon chempioni Ruslan Chagayevning menejyeri Timur Dugazayev bokschining faoliyatini yakunlashiga izoh berib o‘tdi.
"Haqiqatan ham Ruslan faoliyatini yakunlashga qaror qildi. Birinchi navbatda ko‘rish qobiliyatidagi muammolar sababli – Ruslan faoliyatining eng boshida olgan jarohati uni doimo bezovta qilib keladi va noqulaylik tug‘diradi. Jamoamiz shifokorlari bir nechta tadqiqotlar o‘tkazib, bokschiga jang qilishni to‘xtatishni qat'iyan tavsiya qildilar. Albatta, bu achinarli, biroq Ruslanning o‘zi ham ishtiroklarini davom ettirish istagi bilan yonmayapti.
U Ramzon Qodirov bilan sparringlarda qatnashadimi? Agar taklif qilishsa, albatta qatnashadi, birga mashg‘ulot qilishni davom ettiramiz!", deb aytdi Dugazayev