Bugun YeChL 3-saralash bosqichida 5ta uchrashuv o‘tkaziladi

Sport 11:24 / 02.08.2016 4737

Yevropa chempionlar ligasining 3-saralash bosqichi javob uchrashuvlari doirasidagi 5ta bahs 2 avgustga belgilangan. Bu bosqich g‘oliblari turnirning final qismiga chiqish uchun pley-off bahsida qatnashadi.

Bugungi uchrashuvlar turnir saralashining "Chempionlar yo‘li" yo‘nalishida o‘tkaziladi. Bugun "Qorabog‘" - "Viktoriya Plzen" (0:0)(birinchi uchrashuv natijasi - 0:0), "Dinamo Tbilisi" - "Dinamo Zagreb" (0:2), "Dandolk" - BATE (0:1), "Tsrvena Zvezda" - "Ludogorets" (2:2), APOEL - "Rusenborg" (1:2) bahslari o‘tkaziladi.

3-saralash bosqichidagi yana 10ta uchrashuv 3 avgustda bo‘lib o‘tadi.

5 avgust kuni pley-off bosqichi uchun qur'a tashlash marosimi o‘tkaziladi. Pley-offda 3-bosqichdan chiqqan 15 jamoaga 5ta jamoa qo‘shiladi: "Vilyarreal", "Manchester Siti", "Borussiya", "Roma" va "Portu".

Shu tariqa, saralash o‘yinlari orqali YeChLning final bosqichiga 10ta jamoa yo‘l oladi.

Ko‘proq yangiliklar: