BMT Xavfsizlik Kengashini isloh qilish masalasida hukumatlararo muzokaralar Bosh Assambleyaning 71-sessiyasida davom ettiriladi. Bu boradagi qaror chorshanba kuni qabul qilindi. Ma'lumki, Bosh Assambleya o‘z ishini 13 sentabrda boshlaydi. Bosh Assambleya tomonidan qabul qilingan qarorda sessiya kun tartibiga “Xavfsizlik Kengashidagi adolatli vakolatlar va uning a'zolari tarkibini kengaytirish hamda Xavfsizlik Kengashi bilan bog‘liq boshqa masalalar” kiritilishi ta'kidlanadi.
Xavfsizlik Kengashini isloh qilish masalasidagi hukumatlararo muzokaralar bir necha yillardan beri olib borilmoqda, ammo mamlakatlar bu borada yagona qarorga kelishganicha yo‘q. So‘nggi oylarda Lyuksemburgning BMTdagi doimiy vakili Silvi Lukas raisligida mazkur masalaga bag‘ishlangan qator norasmiy uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.
Iyul oyi o‘rtalarida Silvi Lukas Bosh Assambleya raisi Mogens Lyukketoft nomiga maktub yo‘lladi. Maktubda islohotlar masalasida mamlakatlarning qarashlari borasida ma'lumot berilgan. Uning aytishicha, davlatlar Xavfsizlik Kengashi a'zolari sonini hozirgidek 15ta emas, balki 21ta yoki 27ta bo‘lishini taklif qilmoqda. Bundan tashqari, Xavfsizlik Kengashi ochiq va samarali faoliyat yuritishi lozimligi aytilmoqda.
Braziliyaning BMTdagi doimiy vakili Antoniu Patriota hukumatlararo muzokarlar yakunlanib, mamlakatlar kun tartibiga qo‘yilayotgan masala yuzasidan qat'iy qarorga kelishi lozimligini ta'kidlab o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, BMT Xavfsizlik Kengashi a'zolarining sonini ko‘paytirish bilan bog‘liq taklif ilk bor 1994 yilda kun tartibiga qo‘yilgan edi. 2009 yilning 19 fevralida Nyu-Yorkda BMT Bosh Assambleyasining norasmiiy plenumi bo‘lib o‘tib, Xavfsizlik Kengashini isloh qilish borasida hukumatlararo muzokaralar boshlandi. O‘tkazilayotgan muzokaralarda Xavfsizlik Kengashining a'zolari nechta bo‘lishi kerakligi, veto huquqi, mintaqaviy a'zolar, Xavfsizlik Kengashining ish metodlari, Xavfsizlik Kengashi va Bosh Assambleya o‘rtasidagi munosabatlar masalalari muhokama qilinmoqda.
BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy a'zoligiga intilayotgan Braziliya, Germaniya, Hindiston va Yaponiya Xavfsizlik Kengashi zudlik bilan kengaytirilishi va a'zolar soni 25taga yetkazilishi zarurligini aytib keladi. Yangi doimiy a'zolar ham veto huquqidan foydalanishlari lozimligi ta'kidlanadi.
Italiya, Meksika, Pokiston, Ispaniya, Argentina, Janubiy Koreya, Kanada va boshqa bir qator davlatlar Xavfsizlik Kengashi jug‘rofiyaga qarab kengaytirilishi kerak, degan taklifni o‘rtaga tashlamoqda. Bu davlatlar veto huquqi bekor qilinishi lozimligini aytishadi.
Afrika Ittifoqi esa Xavfsizlik Kengashida Afrika mamlakatlari uchun veto huquqiga ega ikkita doimiy a'zo va qo‘shimcha nodoimiy a'zolik o‘rni berilishini taklif qilmoqda. Bu borada Janubiy Afrika Respublikasi va Nigeriya doimiy a'zolikka intilmoqda.
AQSh ham Xavfsizlik Kengashi a'zolari soni ko‘paytirilishi tarafdori ekanini aytib kelar ekan, doimiy a'zo bo‘lib kirishda Hindiston va Yaponiyani qo‘llab-quvvatlamoqda.
BMT Nizomini o‘zgartirish uchun taklif Bosh Assambleya a'zolarining uchdan ikki qismi, jumladan, Xavfsizlik Kengashining barcha doimiy a'zolari tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi hamda ratifikatsiya qilinishi kerak. Ya'ni, loyihani 129 ta davlat ma'qullashi kerak.
BMT tuzilganida uning saflarida 51ta mamlakat bo‘lgan bo‘lsa, ayni damda 193ta mamlakat BMT a'zosidir. 1965 yilda yangi davlatlar paydo bo‘lishi bilan Xavfsizlik Kengashi a'zolari soni 11 tadan 15 tagacha ko‘paytirildi. Ammo Doimiy a'zolar soni o‘zgarmay qolaverdi. O‘tgan asrning 90-yillari boshlarida sotsialistik lager tanazzulga uchraganidan so‘ng BMTga a'zo bo‘lgan mamlakatlar yana ko‘paydi. Keyinchalik BMTga Sharqiy Timor, Shveytsariya (har ikkisi 2002 yilda), Chernogoriya (2006 yilda) va Janubiy Sudan (2011yilda) qabul qilindi. 1946 yilda BMT qoshida kuzatuvchi maqomi tashkil etildi. O‘shanda Shveytsariya BMTning doimiy kuzatuvchisi etib tan olindi. Shundan so‘ng bu maqomga 16 davlat (jumladan Avstriya, Italiya, Finlyandiya, Yaponiya) ega bo‘ldi. Ayni damda kuzatuvchi maqomiga Vatikan (1964 yildan) va Falastin (1974-2012 yillarda nodavlat tashkiloti sifatida, 2012 yilning noyabridan BMT kuzatuvchi davlati maqomi) ega.
Indoneziya – 1965 yilda o‘z xohishi bilan BMT safini tark etib, 1966 yilda a'zolikni tiklagan yagona davlat hisoblanadi. BMT tarixida ikki marta davlatlar (1974-1994 yillarda Janubiy Afrika Respublikasi aparteid(irqchilik) siyosatini olib borgani uchun, 1992-2000 yillarda Yugoslaviya Sotsialistik Federativ Respublikasining merosxo‘ri bo‘lmish Yugoslaviya Ittifoq Respublikasi BMTga a'zo bo‘lish borasida ariza berishdan voz kechgani uchun) Bosh Assambleya ishida qatnashishdan mahrum qilingan.
1946 yildan 2015 yilga qadar Xavfsizlik Kengashining a'zolari 237 marta, asosan, Yaqin Sharq va Afrikadagi vaziyat muhokama qilinayotganda, veto huquqidan foydalangan. Eng ko‘p Rossiya – 103 marta veto qo‘ygan. Bu huquqdan AQSh 79 marta, Buyuk Britaniya 29 marta, Fransiya 16 marta, Xitoy 9 marta foydalangan. Shuni ta'kidlash kerakki, 1971 yilga qadar Xavfsizlik kengashida Xitoy nomidan Tayvan faoliyat yuritgan.
1948 yildan beri BMT dunyoda tinchlikni saqlash ishlarida ishtirok etib keladi. Shu davr mobaynida BMT qo‘lga kiritgan muvaffaqiyatlar haqida gapiradigan bo‘lsak davlatlar o‘rtasida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan to‘qnashuvlar keskin qisqardi. BMT XXI asrda asosiy e'tiborini uchta ustuvor yo‘nalish – qashshoqlikka barham berish, dunyoda kechayotgan nizolarni to‘xtatish, demokratiyani yanada jadallashtirishga qaratgan.
BMT va uning tashkilotlari olti marta tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotini olgan. BMTning qochqinlar masalasi bo‘yicha oliy komissarligi ikki marta, (1954 va 1981 yillarda) BMTning o‘zi 2001 yilda, Bolalar jamg‘armasi YUNISEF 1965 yilda, Tinchlikni saqlovchi kuchlari esa 1988 yilda mazkur mukofotga sazovor bo‘lgan. 1961 yilda bosh kotib Dag Xammersheld (Shvetsiya) vafotidan so‘ng Nobel mukofotiga loyiq, deb topildi.
BMT Bosh assambleyasining har yili sentabr oyida ochiladigan sessiyasi eng muhim diplomatik hodisa sanaladi. Tadbir doirasida mamlakat rahbarlarining rasmiy chiqishlaridan tashqari, ko‘plab ikki tomonlama uchrashuv va muloqotlar bo‘lib o‘tadi. Eng qizig‘i, bir-biriga dushmanona kayfiyatda bo‘lgan davlatlarning rahbarlari bir zalda o‘tirib, o‘z raqiblarining so‘zlarini tinglashga majbur bo‘ladi. Ayrim davlat rahbarlari va diplomatlarning nutqlari shov-shuv va mash-mashalarga duchAyni damda yanada samarali ishlashi yo‘lida BMT, jumladan, Xavfsizlik Kengashini isloh qilish yuzasidan fikrlar bildirilmoqda. Asosiy maqsad global tahdid va chaqiriqlarga o‘z vaqtida javob berishga qaratilgan. Shu bilan birga har qanday islohotlar Xavfsizlik Kengashini samarasiz organga aylantirmaslik lozimligi aytiladi. Ayni damda veto huquqi bilan bog‘liq masala keng muhokama qilinmoqda. Ma'lumki, Fransiya prezidenti Fransua Olland davlatlar o‘z xohishlari bilan veto huquqidan voz kechsalar yaxshi bo‘lardi, degan fikrni o‘rtaga tashlagan edi.
Hozirgi kunga kelib BMT dunyodagi eng yirik xalqaro tashkilotga aylandi. U jahonning 193 ta davlatini birlashtirib, yetmish yillik tarixi davomida qator xalqaro muammolarni hal etishga salmoqli hissa qo‘shib kelmoqda.
1991 yil 31 avgustda mustaqilligi rasman e'lon qilingan O‘zbekiston 1992 yil 2 martda BMTga a'zo bo‘ldi va ushbu nufuzli xalqaro tashkilot bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi. Respublikamizning xalqaro va mintaqaviy muammolarni muhokama qilish hamda yechishda faol ishtirok etishi uchun katta imkoniyatlar ochildi. 1993 yil 24 oktabrda Toshkentda BMTning vakolatxonasi ochildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov vakolatxona ochilishi marosimida so‘zlagan nutqida: “Bu tarixiy voqea bo‘lib, shunday obro‘li tashkilot doirasida vaqti-vaqti bilan Markaziy Osiyo mintaqasida barqarorlikni ta'minlash bo‘yicha seminar chaqirib turish ko‘zda tutiladi, buning uchun Toshkent barcha shart-sharoitlarni yaratib berishga tayyor”, deya ta'kidlagandi. Mamlakatimizda BMTning qator tarkibiy tuzilmalari – Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, Bolalar jamg‘armasi, Aholishunoslik jamg‘armasi, Ta'lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti, Giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi, Taraqqiyot dasturi, OIV/OITS bo‘yicha birlashgan dasturi vakolatxonalari faoliyat ko‘rsatayotir.
Davlatimiz rahbari o‘tgan davr mobaynida to‘rt marotaba (1993 yil sentabr, 1995 yil oktabr, 2000 yil sentabr, 2010 yil sentabr) BMTning minbaridan turib, xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan dolzarb masalalarni ko‘tarib chiqdi. Islom Karimov jahon hamjamiyati e'tiborini global muammolarga qaratdi. Prezidentimiz BMT tuzilmalarini isloh qilish, jumladan, Xavfsizlik kengashining doimiy a'zolari qatoriga dunyo siyosatida yetakchi mavqega ega bo‘lgan Germaniya va Yaponiyani kiritish, qabul qilinayotgan qarorlar ijrosini ta'minlash uchun Bosh kotib vakolatlarini kengaytirish, joylardagi tanglikning oldini olish va bartaraf etish maqsadida BMTning xalqaro mintaqaviy tashkilotlar bilan aloqalarini faollashtirish hamda uning mintaqaviy tuzilmalarini rivojlantirish kabi takliflarni bildirdi.
BMT Bosh Assambleyasining 2000 yil sentabr oyida o‘tgan Mingyillik sammitida davlatimiz rahbari xalqaro terrorchilik va narkotik moddalarning noqonuniy savdosiga qarshi kurashga, mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlashga, BMT faoliyati va uning tarkibiy tizimini isloh qilishga doir ko‘plab takliflarni ilgari surdi. Jahon hamjamiyati e'tiborini yana bir bor Orol muammosiga qaratdi. O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov BMT Bosh kotibi Pan Gi Munning taklifiga binoan 2010 yil 20 sentabr kuni BMT Bosh Assambleyasining Mingyillik rivojlanish maqsadlariga bag‘ishlangan oliy darajadagi yalpi majlisida ishtirok etib, nutq so‘zladi. kelganidan ham aslo ko‘z yumib bo‘lmaydi. Bu borada BMT majlisida tuflisi bilan po‘pisa qilgan rahbarni misol sifatida keltirish kerak.
BMT Bosh Assambleyasi minbaridan eng uzoq nutq iroda etish bo‘yicha Kuba rahbari Fidel Kastroga xozircha hech kim yeta olmadi U 1960 yilda 4 soatu 29 daqiqa nutq so‘zladi. Bu nutq Ginnessning Rekordlar kitobiga kirgan. 2009 yilda Liviya rahbari Muammar Kaddafiy belgilangan 15 daqiqa o‘rniga salkam ikki soat ma'ruza qilib, tarjimonni sulaytirib qo‘yishiga bir bahya qolgandi. O‘shanda u bir qator global muammolarni kun tartibiga qo‘ygan va xatto BMTni tanqid qilgan edi. Xalqaro hamjamiyat qarorgohi Nyu-Yorkdan boshqa shaxarga ko‘chirilishi lozimligini taklif qilgan edi.
So‘nggi yillar davomida BMT bilan har tomonlama hamkorlik sezilarli darajada faollashdi. BMT Bosh kotibi Kofi Annanning 2002 yil oktabr oyida O‘zbekistonga tashrif buyurganini eslab o‘tish kerak. 2010 yil aprel oyida va 2015 yilning 11-12 iyun kunlari BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun mamlakatimizga tashrif buyurib, yurtimizda bu borada amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishar ekan, ularga yuksak baho berdi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibining o‘rinbosari, BMT Taraqqiyot dasturining rahbari Helen Klark, BMT Bosh kotibining o‘rinbosari Noylin Xeyzer, BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti bosh direktori Joze Gratsianu da Silva, BMT Jahon sayyohlik tashkiloti Bosh kotibi Talib Rifaiy, BMTning Ta'lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti - YuNESKO Bosh direktori Irina Bokova, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Bosh direktori Margaret Chenning O‘zbekistonga tashrifi muhim voqea bo‘lib, O‘zbekiston va BMT tomonidan xalqaro taraqqiyot va ravnaq yo‘lidagi ko‘p qirrali va sermahsul hamkorlikka qaratilayotgan katta e'tiborning yaqqol namunasidir.
Sharofiddin To‘laganov