Yaponiya televideniyesi 8K o‘lchamli efirni boshladi

Fan-texnika 18:10 / 02.08.2016 5118

Yaponiyaning NHK telekompaniyasi 1-avgustdan sun'iy yo‘ldosh teledasturlarini 8K (7680ga 4320 piksel) o‘lchamda efirga uzatishni boshladi. Hozircha sinov tariqasida ish boshlagan kanal “Super Hi-Vision” deb nomlanadi.

8K tasviri 4K o‘lchamidan 4 ta, FullHD standart tasviridan 16ta nuqtaga ortiqdir. 8K standarti ovozni 22.2-kanalli formatda uzata oladi. 

Ta'kidlash joizki, hozircha 8K o‘lchamli qurilmalar iste'mol bozoriga yetkazib berilganicha yo‘q. Chunki, tomoshabinlarning aksariyati 4K-televizorlariga ham o‘ta qimmat texnika sifatida qarashmoqda. Shu boisdan ham, NHK mamlakat bo‘ylab, 8K ekranlari bilan jihozlangan hududlarni tashkil etmoqda. Unda, xususan, Rio Olimpiadasi namoyish etiladi.

Ko‘proq yangiliklar: