Ijtimoiy tarmoqda Dog‘iston markazi Mahachqal'a shahridagi banket zalda yuz bergan portlash videosi paydo bo‘ldi.
Restorandagi maishiy gaz portlashi tufayli jarohatlanganlar soni 23 nafarni tashkil qilmoqda. Ularning barchasi shifoxonaga yotqizilgan.
RIA Novostining Dog‘iston Sog‘liqni saqlash bo‘limiga asoslanib xabar berishicha, shifoxonadagilarning 5 nafari og‘ir ahvolda.