Vashingtonda C5+1 formatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tadi

Jahon 17:06 / 30.07.2016 8397

2016-yilning 3-avgust kuni Vashingtonda AQSh davlat kotibi Jon Kerri Markaziy Osiyoning besh respublikasi tashqi ishlar vazirlari bilan uchrashuv o‘tkazadi.

OAV ma'lumotlariga ko‘ra, mazkur uchrashuv C5+1 formatida o‘tadi. Mazkur format 2015-yilning sentabr oyida AQSh davlat kotibi Jon Kerri Markaziy Osiyo respublikalari tashqi ishlar vazirlari bilan Nyu-Yorkda uchrashgan edi. Shundan so‘ng, noyabr oyida AQSh va Markaziy Osiyoning besh davlati: O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston tashqi ishlar vazirlari Samarqandda uchrashuv o‘tkazib, Samarqand deklaratsiyasini qabul qilishdi.

Vashingtonda o‘tkaziladigan navbatdagi uchrashuv o‘tgan yilning noyabr oyida Samarqandda boshlangan muzokaralarning uzviy davomi bo‘ladi.

Ko‘proq yangiliklar: