“Tolibon” 12 yashar boladan terakt uyushtirishda foydalanmoqchi bo‘ldi

Jahon 18:20 / 30.07.2016 11700

Afg‘onistonning shimoli-g‘arbida harbiylar stadionda terakt sodir etmoqchi bo‘lgan 12 yashar bolani qo‘lga olishdi. Bu haqda mamlakat milliy xavfsizlik direktorati ma'lumotiga asoslanib, Khaama agentligi xabar bermoqda.

Kalayi Nau shahridagi stadionga kiraverishda xavfsizlik xizmati xodimlari tanasida portlovchi qurilma o‘rnatilgan bolani tutib olishadi.

Ma'lum qilishlaricha, “Tolibon” terrorchilik guruhi a'zosi bo‘lmish Abdul Aziz portlovchi qurilmani masofadan turib ishga tushirishi kerak bo‘lgan. Stadionda kurashchilar o‘rtasida musobaqa o‘tkazilayotgan edi.

Ko‘proq yangiliklar: