Ronaldu "Real Sosedad" bilan o‘yinni o‘tkazib yuborishi mumkin

Sport 12:43 / 30.07.2016 5574

Madridning "Real" jamoasi bosh murabbiyi Zinedin Zidanning ma'lum qilishicha, hujumchi Krishtianu Ronaldu, nafaqat Yevropa superkubogi uchun "Sevilya"ga qarshi o‘yinni, balki Primeraning birinchi turdagi o‘yinini ham o‘tkazib yuborishi mumkin. 21 avgust kuni qirollik klubi "Real Sosedad"ga qarshi to‘p suradi.

"Ronalduning jarohatdan tiklanishiga bir oy muddat kerak bo‘lsa, o‘yinlarga tayyorlanishiga va jismoniy formasini tiklashiga ham vaqt lozim. Axir u, uzoq o‘ynamasdan birdaniga maydonga tusha olmaydi. Superkubok va Primera boshlanishi oralig‘ida 10 kun bor. Bu vaqt mobaynida Ronaldu biz bilan bo‘ladi, ammo uning birinchi turda maydonga tushishiga ishonmayman", - degan Zinedin Zidan.

Manba: Tribuna.Uz

Ko‘proq yangiliklar: