15 yil mobaynida takomillashtirilgan, sinalgan beshinchi avlod ko‘p maqsadli F-35 qiruvchi samolyoti jangovar amaliyotlarga tayyor bo‘lgani haqida kelasi haftada e'lon qilinishi mumkin. Bu haqda, 388-ta'minlash va qo‘llab-quvvatlash guruhi komandir o‘rinbosari podpolkovnik Stiven Anderson ma'lum qilgan.
Uning aytishicha, barcha bosqichlar yakunlangan va shu haqdagi ma'lumotlar to‘plami HHK harbiy amaliyotlar qo‘mondonligi boshlig‘i general Gerbert Karlaylga topshirilgan.
Karlayl esa, F-35 ni jangovar tayyor samolyot deya e'tirof etilgani to‘g‘risidagi qaror, 1-avgustdan keyin e'lon qilinishini bildirgan.