Hindistonning Assam i Bixar shtatlaridagi toshqinlar oqibatida kamida 52 kishi halok bo‘ldi. Avvalroq 43 kishi halok bo‘lgani ma'lum qilingandi.
Hindiston ichki ishlar vaziri Rajnatx Singx Assam shtatiga tashrifi vaqtida unga 26 kishi halok bo‘lgani ma'lum qilinganini aytgan. Bixar shtati favqulodda vaziyatlar departamenti ma'lumotlariga ko‘ra, 29 iyul holatiga ko‘ra, bu yerda ham 26 kishi halok bo‘lgan.
Hindistonda kuchli yomg‘irlar bir necha kun avval boshlangan. 4 millionga yaqin odam u yoki bu tarzda tabiiy ofat ta'siriga uchragan.
Ichki ishlar vaziri Assam shtatiga tashrif buyurgandan keyin u yerdagi vaziyatni "og‘ir" deb atagan, biroq mahalliy hokimiyat favqulodda vaziyatlarni eplay olayotganini ta'kidlab o‘tgan. U, shuningdek, qutqaruv ishlariga harbiylar jalb qilinganini ma'lum qilgan. Vazirning aytishicha, ayni kunda 6 mingdan ko‘proq odamni qutqarib qolishga erishilgan.