Gvatemala futbol federatsiyasining sobiq prezidenti Brayan Ximenes FIFA ishi bo‘yicha o‘z aybiga iqror bo‘ldi

Sport 09:40 / 30.07.2016 4473

Gvatemala futbol federatsiyasining sobiq prezidenti Brayan Ximenes Amerika adliyasi tomonidan Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA)ning korrupsiya ishida ayblangan edi. U 29 iyul kuni Nyu-Yorkda o‘tgan federal sudda o‘z aybini tan oldi. Bu haqda Associated Press agentligi xabar bermoqda.

Agentlik ma'lumotiga ko‘ra, 62 yoshli Ximenes tovlamachilik, shuningdek, firibgarlik qilganligiga iqror bo‘lgan. Har bir ayblov bo‘yicha unga 20 yillik qamoq jazosi tayinlanishi mumkin.

Ma'lumotda tasdiqlanishicha, Ximenes Florida shtatidagi sport marketingi kompaniyasidan bir necha bor yuz ming dollarlab pora olgan. Evaziga esa Gvatemala terma jamoasining 2018 va 2022 yillarda o‘tadigan jahon chempionati saralash bahslarida reklama uyushtiruvchi kompaniyalarning ma'lumotlarini taqdim etgan. 

Eslatib o‘tamiz, Ximenes joriy yilning 12 yanvar kuni Gvatemalada qo‘lga olingan edi. Mart boshida esa hukumat uni AQShga topshirgandi.

Ko‘proq yangiliklar: